StartupFest ishtirokchisi Azizbek Eshimov Portail loyihasini ishga tushirdi
StartupFest’ning oldingi tadbirlarida ishtirok etgan founder Azizbek Eshimov o‘zining yangi loyihasi — Portail AI platformasini ishga tushirdi.

StartupFest’ning oldingi tadbirlarida ishtirok etgan founderlardan biri — Azizbek Eshimov o‘zining yangi loyihasini ishga tushirdi. Loyiha nomi: Portail.
Portail — bu AI command center, ya’ni dunyodagi eng kuchli sun’iy intellekt modellarini bitta hamyonbop platformada birlashtiruvchi ish muhiti. Platforma GPT-4o, Claude 4.6 Sonnet, Gemini, Grok, Llama va Qwen kabi modellarni qamrab oladi.
Portail’ning asosiy g‘oyasi shundaki, foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida bir nechta AI modeli bilan ishlashi mumkin. Agentic Commander Mode rejimi esa bu modellarni birgalikda boshqarish va ular orqali murakkabroq natijalarga erishish imkonini beradi.
Azizbek uchun bu yo‘l StartupFest’dan boshlangan edi. Bugun esa u o‘z mahsulotini xalqaro auditoriyaga taqdim etmoqda — Portail Product Hunt platformasida ishga tushirildi.
Bu StartupFest jamoasi uchun eng qimmatli natija: festivaldan chiqqan yoshlarning haqiqiy mahsulot quruvchi founderlarga aylanishi.
Loyiha bilan tanishish: https://portail.cc