Catalyst x Imzo: bir kunda zavodning real muammolariga yechim

10-avgust kuni Catalyst dasturining ilk sanoat tashrifi IMZO fabrikasida bo‘lib o‘tdi: 50 nafar yosh, 10 ta jamoa va korxonaning real muammolari.

Catalyst x Imzo: bir kunda zavodning real muammolariga yechim
10-avgust kuni StartupFest’ning yangi yo‘nalishi — Catalyst doirasida ilk sanoat tashrifi amalga oshirildi. Manzil: IMZO fabrikasi. Kun ro‘yxatdan o‘tish va ochilish marosimi bilan boshlandi. Ishtirokchilar jamoalar bilan tanishdi, dastur formati va kun davomida ularni nimalar kutayotgani haqida ma’lumot oldi. Fabrika ichida So‘ng eng muhim bosqich boshlandi — ishlab chiqarishga tashrif. Ishtirokchilar eshik va rom ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatishdi, ishlab chiqarish liniyalari va operatsion jarayonlarni o‘rganishdi hamda tajribali mutaxassislar bilan bevosita suhbatlashishdi. Bu bosqichning maqsadi ekskursiya emas edi. Jamoalar korxonadagi real muammo va ehtiyojlarni aniqlashi kerak edi — ya’ni yechimni o‘ylab topishdan oldin, muammoni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish. Yechimdan pilotgacha Shundan so‘ng 50 nafar yoshlardan iborat 10 ta jamoa ishga kirishdi. Har bir jamoa o‘zi aniqlagan muammo ustida ishlab, korxonaning real ehtiyojlariga amaliy yechim ishlab chiqdi. Kun yakunida jamoalar o‘z yechimlarini taqdim etishdi. G‘olib jamoalar esa eng qimmatli narsani — o‘z loyihalarini IMZO’da pilot qilish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Bir kun. Real zavod. Real muammolar. Va ular uchun topilgan real yechimlar.