Gobi Partners venchur fondi Yoshlar ishlari agentligida

Osiyoning eng yirik venchur fondlaridan biri — Gobi Partners vakillari Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurdi va O‘zbekiston startap ekotizimi bilan tanishdi.

Gobi Partners venchur fondi Yoshlar ishlari agentligida
Osiyoning eng yirik venchur fondlaridan biri — Gobi Partners vakillari Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurdi. 2002-yilda tashkil topgan fond boshqaruvi ostida 2 milliard dollarlik aktivga ega. Uning portfelida 420 dan ortiq startap bor, ular orasidan 8 tasi “unicorn” darajasiga yetgan — ya’ni bozor qiymati bir milliard dollardan oshgan kompaniyalar. Uchrashuv davomida Mehmonlar Yoshlar Ventures, UzCombinator, StartupFest, Sherdor Games hamda Yoshlar ishlari agentligining boshqa loyihalari bilan atroflicha tanishib chiqdilar. Suhbat davomida O‘zbekistondagi startap ekotizimi qanday qurilayotgani va yosh jamoalar uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi muhokama qilindi. Xalqaro investorlar O‘zbekistondagi startap ekotizimi va mavjud imkoniyatlarni yuqori baholashdi. Eng muhimi Fond vakillari Markaziy Osiyoda o‘z ofisini ochish va mahalliy istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash istagini bildirishdi. Bu mahalliy startaplar uchun amaliy ma’noga ega: global venchur bozorining tajribali o‘yinchisi mintaqada doimiy ishtirok etishi jamoalar uchun xalqaro kapitalga yo‘lni qisqartiradi. Global venchur bozorining xalqaro ekspertlari bilan hamkorligimiz davom etmoqda.