StartupFest 2026: 14 hududda yakunlandi

O‘zbekiston bo‘ylab 14 ta hududda o‘tkazilgan StartupFest yakunlandi: 6,891 ta ariza, 1,500 nafar ishtirokchi va 200 dan ortiq startup loyihasi.

StartupFest 2026: 14 hududda yakunlandi
O‘zbekiston bo‘ylab 14 ta hududda o‘tkazilgan StartupFest minglab yoshlar uchun startup, sun’iy intellekt, robototexnika va innovatsiyalar olamiga kirish nuqtasiga aylandi. Festivalga jami 6,891 ta ariza topshirildi. Ular orasidan 1,500 nafar ishtirokchi tanlab olindi va festival dasturiga 10 dan ortiq mentor va ekspert jalb qilindi. Natijada 200 dan ortiq startup loyihasi va yuzlab yangi g‘oya shakllandi. Festival davomida ishtirokchilar quruq nazariya bilan cheklanmadi. Ular AI vositalari bilan ishlash, startup metodologiyasi, MVP yaratish va pitching bo‘yicha amaliy tajriba orttirdi — ya’ni g‘oyani mahsulotga aylantirish va uni auditoriyaga tushunarli qilib yetkazishning har bir bosqichidan o‘tdi. Kun yakunida jamoalar o‘z g‘oyalarini ekspertlar oldida himoya qilishdi. Eng kuchli jamoalar esa UzCombinator akseleratsiya dasturining interview bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi — bu ular uchun festivaldan keyin ham davom etadigan yo‘l demakdir. StartupFest’ning asosiy maqsadi ham shu edi: ekotizimdan tashqarida qolgan yoshlarni bir maydonga jamlash va ularga birinchi qadamni qo‘yish uchun real imkoniyat berish. 14 ta hudud bo‘ylab o‘tkazilgan festival buning uchun kerakli muhitni yaratdi. Bu esa hali boshlanishi. StartupFest yangi format va yanada katta imkoniyatlar bilan davom etadi.