StartupFest va Startup Choyxona media hamkorligi
StartupFest jamoasi Startup Choyxona bilan media hamkorlik yo‘lga qo‘ydi — endi e’lonlar va imkoniyatlar yanada keng auditoriyaga yetib boradi.

StartupFest ekotizimi kengaymoqda: jamoa Startup Choyxona bilan media hamkorlik yo‘lga qo‘ydi.
Ushbu hamkorlik doirasida StartupFest’ning muhim e’lonlari, yangi imkoniyatlari, startup loyihalari, tadbir va dasturlari haqidagi ma’lumotlar endi yanada keng auditoriyaga yetib boradi.
Natijada startapga qiziquvchilar, loyiha ustida ishlayotganlar va yangi imkoniyatlar izlayotganlar uchun kattaroq axborot maydoni shakllanadi — ya’ni imkoniyat haqida o‘z vaqtida bilib olish ehtimoli ortadi.