
Catalyst x Hududgazta'minot
Hududgazta'minot gaz ta'minoti tizimidagi real muammolarini startaplarga ochib berdi — hisobdagi yo'qotishlardan tortib abonentlar bilan muloqot va xodimlarni boshqarishgacha. Eng kuchli yechimlar kompaniya ichida pilot sifatida sinovdan o'tadi, muvaffaqiyatli pilot esa pullik shartnomaga aylanadi.
Pilot huquqini qo'lga kiritgan jamoalar
15-sentabr kuni 13 ta startap o'z yechimini Hududgazta'minot rahbariyatiga taqdim etdi. Bu nashrda g'oliblar investitsiya emas, pilot huquqini oldi: yechim kompaniyaning real jarayonida sinovdan o'tadi, pilot muvaffaqiyatli bo'lsa, kartada ko'rsatilgan summagacha pullik shartnoma tuziladi.

VoiceLab$50K GACHA
O'zbek tilida gapiradigan ovozli AI: murojaatlarga operator o'rniga javob beradi. Pilotda Hududgazta'minot abonentlari bilan muloqotda sinaladi.

Camvi$50K GACHA
Mavjud kameralarni aqlli qiladigan dastur: yuzni tanish orqali xodimlar davomati avtomatik hisoblanadi. Pilotda Hududgazta'minot kameralarida sinaladi.

inter-AI$50K GACHA
Yirik tashkilotlar uchun AI asosidagi HR tizimi: rezyume tahlili, AI intervyu va testlash bitta joyda. Pilotda xodim tanlash jarayonida sinaladi.

Hudud Radar$10K GACHA
Gaz o'g'irligi va noqonuniy ulanishlarni real vaqtda aniqlaydigan AI tizimi — yangi uskunasiz, mavjud ASKUG ma'lumotlari asosida. Pilotda Hududgazta'minot tarmog'ida sinaladi.
Jarayondagi Eng Yaxshi Lahzalar
Hamkorlarimiz bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar va birgalikdagi jarayonlardan lavhalar.