
Catalyst x Imzo
Imzo o'z ishlab chiqarish jarayonini jamoalarga ochib berdi — qaysi bo'g'inda avtomatlashtirish kerakligini o'zi ko'rsatdi va jamoalar aynan shu muammolar ustida ishladi.
G‘olib jamoalar
Catalyst x Imzo doirasida jamoalar Imzo ishlab chiqarishini o'rgandi va korxonaning real ehtiyojlari asosida yechim yaratdi. Uchta eng kuchli loyiha korxona rahbariyati tomonidan tanlab olindi.

Binova1-PLACE
Qurilish sohasi uchun B2B raqamli platforma. Qurilish kompaniyalari kerakli mahsulot va xizmatni bitta joydan topadi, ishlab chiqaruvchilar esa yangi raqamli sotuv kanaliga ega bo'ladi. Imzo uchun jamoa mahsulot tanlashdan montajgacha bo'lgan butun mijoz yo'lini raqamlashtirishni taklif qildi.

Imzo ai2-PLACE
Mijoz bilan suhbatni osonlashtiradigan AI maslahatchi. Bugun mijoz mahsulotni tushunish uchun qo'ng'iroq qilishi va menejerni kutishi kerak — Imzo AI esa savollarga darhol javob beradi va mos variantni tavsiya qiladi. Jamoa shuningdek fotosurat asosida oyna narxini bir necha soniyada hisoblaydigan prototipni ham ishlab chiqdi.

Unifactory3-PLACE
Zavodni boshqarish uchun yagona platforma. Bugun har bir bo'lim o'z dasturida ishlaydi va rahbarda umumiy manzara yo'q — Unifactory ishlab chiqarish, xodimlar, call-markaz, logistika va xavfsizlikni bitta real vaqt tizimiga birlashtiradi. Jamoa yechimni aynan Imzo zavodi misolida ishlab chiqdi.
Jarayondagi Eng Yaxshi Lahzalar
Hamkorlarimiz bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar va birgalikdagi jarayonlardan lavhalar.